📚 Xalqaro Nordik universitetining bir guruh delegatsiyasi Finlandiyaning Yuvaskula universiteti hamda Shvetsiyaning Lund universitetida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
🎓 Mazkur xalqaro kurs doirasida delegatsiya a’zolari:
• Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullari,
• Nufuzli xalqaro jurnallarda maqola yozish metodikasi,
• Ilmiy izlanishlarni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganmoqda.