
GreenStar bosh direktori Kristian Ikonen Joensuu shahridan mehmonxona va restoran tadbirkori Reyxo Ikonenning o'g'lidir. Reixo Ikonen kompaniyasi o'z faoliyatini 1960-yillarda boshlagan. Ilgari mehmonxona va restoran sanoati ko'pincha samarasiz va isrofgar edi, xoh u oziq-ovqat chiqindilari, xoh binolarning holati yoki ish jarayonlari...
Xelsinki aeroportida, terminal yonida joylashgan va qisman yopiq yo'lak orqali kirish mumkin bo'lgan barcha ehtiyojlaringizga mos keladigan ilhomlantiruvchi mehmonxona. Agar siz yaxshi uyqu, yaxshi ovqatlanish va qulay uchrashuv maydoniga kirishni istasangiz, mehmonxona ideal tanlovdir.
Artur mehmonxonasining xonalari asosan Xelsinkining Vuorikatu 17 asosiy binosida joylashgan. Bino 1889-yilda tashkil etilgan Xelsinki YMCAga tegishli va qurilgan. Hozirda YMCA harakatida 130 dan ortiq mamlakatlarda 58 milliondan ortiq kishi ishtirok etmoqda.
Park Inn - bu Radisson brendi bo'lib, o'rta darajadagi narxlarni va stresssiz yashash uchun qulay qulayliklarni taklif qiladi. Mehmonxonalar strategik jihatdan yirik shaharlarda, transport markazlari, savdo markazlari, bozorlar va mintaqadagi boshqa diqqatga sazovor joylarga yaqin joylashgan. Uzoq yurishning hojati yo'q va adashib qolishdan qo'rqishning hojati yo'q, chunki Park Inn by Radisson binolari deyarli o'z hududidagi diqqatga sazovor joylardir.
Grand Liza mehmonxonasida Bosfor bo'g'ozining panoramik manzarasiga ega turk restorani mavjud. Bu mehmonxona Katta bozordan atigi 600 metr uzoqlikda joylashgan. Mehmonxona bepul Wi-Fi bilan jihozlangan konditsionerli xonalarni taklif etadi.
Sulaymanova Dildora
2025-yil 22-sentabrdan 2-oktyabrgacha Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Finlyandiya va Shvetsiyada tashkil etilgan “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishidagi malaka oshirish kursida qatnashdim. Kurs davomida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, talaba markazli yondashuv, baholash tizimlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanishdim. Amaliy mashg‘ulotlar orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qildim. Ushbu kurs pedagog sifatida kasbiy salohiyatimni oshirishda muhim rol o‘ynadi va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga bo‘lgan intilishimni mustahkamladi. Malaka oshirish kursini yuqori saviyada tashkil etgani uchun Xalqaro Nordik Universiteti rahbariyatiga, shuningdek, kurs davomida bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, foydali maslahatlari, amaliy tavsiyalari va doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun O.A. Qo‘ysinovga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ularning ko‘magi va yordami tufayli kurs mazmunan boy va samarali o‘tdi. Hurmat bilan Sulaymanova Dildora Baxtiyorovna.
Аьзам Бегматов
Тошкент халкаро Нордик университети рахбарияти ва БИММ хамкорлигида ташкиллаштирилган хорижий Малака ошириш курсида катнашиб Финландия ва Швеция давлатларидаги богчадан тортиб Олий таьлим университетларида олган тажрибалар ва куникмалардан хамда АЬЛО даражада ташкил килинган Сафар ташрифидан жуда хурсандман.Ушбу сафарни биз учун ута мафаатли ва самарали утишида рахбарлик килган университет проректор профессор Одилжон АЛМУРАТОВИЧга ва жуда якиндан кумаклашган Маргубахон Сафаровналарга уз миннатдорчилигимни билдираман.
Shuhrat Rayxonov
Finlandiya va Shvetsiyada malaka oshirishda bo‘lish men uchun juda katta tajriba bo‘ldi. Bu mamlakatlarda ta’lim, tartib-intizom va insoniy qadriyatlarning uyg‘unligi meni hayratda qoldirdi. Ayniqsa, o‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni, innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor juda yoqdi. Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati va asosiy tashkilotchi Nordik universiteti prorektori Odil akaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!!!
Saodat
Men Xalqaro NORDIC universiteti magistriman. Universitetimiz tomonidan sentabr oyida Finlandiya va Shvetsiyaga bo'lgan ilmiy safarimiz juda ajoyib bo'ldi. Puxta rejalashtirilgan, ham ta'lim ham maroqli sayohat uchun Odil Almuratovichga kattakon rahmat!!! Judayam manfaatli bo'ldi
Sulaymanova Dildora
2025-yil 22-sentabrdan-1 oktyabrgacha Finlandiya va Shvetsiyada Xalqaro Nordik universiteti tomonidan tashkil etilgan “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi yuqori saviyada va samarali tarzda o‘tkazildi. Mazkur kurs nafaqat shaxsiy va kasbiy rivojlanishimga, balki xorijiy mutaxassislar bilan bilim va tajriba almashishimga keng imkoniyatlar yaratdi. Kurs davomida taqdim etilgan ilg‘or g‘oyalar va pedagogik yondashuvlar kasbiy salohiyatimni oshirishda muhim omil bo‘ldi. Ta’lim sohasidagi global tajribani chuqur anglash, uni milliy kontekstda tatbiq etish yo‘lida bu kabi tashabbuslar alohida ahamiyatga ega ekanini mamnuniyat bilan qayd etaman. Mazkur Malaka oshirish kursini puxta rejalashtirilganligi, yuqori saviyada tashkil etilganligi va har bir bosqichining professional yondashuv asosida olib borilganligi uchun Xalqaro Nordik universiteti jamoasiga, shuningdek, kurs davomida o‘z bilim va maslahatlari bilan doimo ko‘maklashgan Qo‘ysinov Odil Almurotovichga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Yo'lchi
Малака ошириш курси жуда яхши ташкил этилган. 2 ҳафта давомида шунча кўп мазмунли таъсуротларга эга бўлиш, олинган билим ва кўникмаларни амалиётга қўллаш учун жуда тартибли ишлар амалга оширилган ва шунга мос шароитлар яратилган. Бу курсни ташкил этган ва қўллаб қувватлаган барча жамоа аъзоларига миннатдорчилик билдираман.