Pedagoglar safari: Shvetsiya taʼlimidan - O‘zbekiston uchun yangi g‘oyalar

Butunjahon o‘qituvchilar kuni munosabati bilan Nordik training markazi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida hamda Shvetsiyadagi O‘zbekiston elchixonasi va Milliy madaniy markaz (rahbari Zilola Yulchiyeva) ko‘magida 21 nafar o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchi uchun Stokgolm shahridagi Salems munitsipalitetiga tashrif uyushtirdi.